Termiz davlat universitetida magistrantlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Termiz davlat universiteti Magistratura bo‘limi tomonidan 2024-2025 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mas’ullar hamda magistratura yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar qatnashdi.

Uchrashuv davomida universitetning Germaniya, Malayziya, Turkiya, Belorussiya, Xitoy va Rossiya kabi davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan yo‘lga qo‘yilgan xalqaro hamkorliklari xususida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, akademik mobillik dasturlari va xorijiy oliygohlarda ilmiy-amaliyot o‘tash imkoniyatlari, ulardan samarali foydalanish mezonlari haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, magistrantlarning ilmiy izlanishlari, dissertatsiya mavzulari doirasida erishilayotgan ilmiy yangiliklar hamda innovatsion g‘oyalari asosida ilmiy va tijorat loyihalarini shakllantirish, ularni amaliyotga joriy etish imkoniyatlari va istiqbollari yuzasidan ham zaruriy tavsiyalar taqdim etildi.

Mazkur uchrashuv talabalar uchun o‘z ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish, xorijiy tajribani o‘rganish hamda ilmiy faoliyatda yuqori natijalarga erishishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 60

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 45

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 62

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil