TerDUning Tabiiy fanlar fakulteti va akademik litseyida Navro‘z shodiyonalari keng nishonlandi.
Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti hamda universitet qoshidagi akademik litseyda milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni o‘zida mujassam etgan Navro‘z bayrami zo‘r shod-u xurramlikda nishonlandi. Tantanali tadbir doirasida navro‘zning ajralmas ramzi bo‘lgan sumalak pishirildi.
Fakultet talaba-qizlari milliy liboslar ko‘rgazmasini ham tashkil etishdi. Shu bilan birga, talabalarning sahna ko‘rinishlari, milliy qo‘shiq va raqslari bayramga alohida shukuh bag‘ishladi.
Ayniqsa, akademik litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari, milliy urf-odatlarimizni yorituvchi sahna ko‘rinishlari barcha tomoshabinlarni o‘ziga jalb etdi. Navro‘z shodiyonalari milliy an’analarimizning betakror qirralarini yana bir bor namoyon qildi.