Termiz davlat universiteti Zoologiya kafedrasi o'qituvchisi Choriyev Siroj Hamzayevich Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda «Zoologiya» ixtisosligidan “Surxondaryo vohasida yeryong‘oq o‘simligi nematodalari va ularning parazit turlariga qarshi kurash choralari” mavzusida biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
.jpg)
Universitet jamoasi nomidan Choriyev Siroj Hamzayevichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!