"Yashil makon"

Bugun OTMlarda "Yashil makon" umummilliy loyihasining bahorgi ko‘chat ekish mavsumiga start berildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at yig‘ilishi munosabati bilan Jizzax viloyatida bo‘lib turgan barcha OTM mas’ullari, jumladan rektormiz A.Toshqulov ham ezgu amalga hissa qo‘shdilar.

Bu jarayonlarni 14 ta hududidagi studiyalardan turib vazirlik markaziy apparati hamda barcha kasbiy va oliy ta’lim muassasalari jamoalari onlayn kuzatib, o‘z hududlarida ham mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazishdi.

“Bu bog‘lar bir bog‘lar bo‘ladiki...” shiori ostidagi tadbirda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugunning o‘zida universitetga tegishli hududlarda qarib 500 tupga yaqin ko‘chatlar ekildi.

Shu tariqa, mamlakatimiz bo‘ylab oliygohlar hududlarini yanada ko‘kalamzorlashtirish va ekologik muhitni yaxshilash ishlari izchil davom etmoqda.

 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 62

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 45

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 62

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil