Surxondaryo viloyati prokuraturasi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida ijtimoiy himoya reyestrida turgan oilalarning bitiruvchi farzandlari uchun Termiz davlat universitetiga tashrif tashkil etdi.
Yoshlar universitet muzeyi, axborot resurslari markazi, o‘quv xonalari, sport majmuasi va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi. Shuningdek, ularga ta’lim olish va kasb-hunar egallash orqali kelajakdagi imkoniyatlari haqida tushunchalar berildi.