Janub Qalqonlari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida oliy ta’lim muassasalari tarkibidagi “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari o‘rtasida “Janub qalqonlari” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning jismoniy va ruhiy tayyorgarligini oshirish, shuningdek, jamoaviy hamjihatlik va liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

Musobaqaga Surxondaryo viloyatidagi 6 ta oliy ta’lim muassasasining jamoalari qatnashdi. Ishtirokchilar 5 ta shart bo‘yicha (harbiy intizom, jismoniy chidamlilik, chaqqonlik, hamjihatlik va liderlik) kurash olib borishdi. Musobaqa davomida har bir jamoa g‘alaba uchun barcha kuchini sarfladi, natijada bellashuvlar qizg‘in va qattiq raqobatli bo‘ldi.

Yakuniy natijalar quyidagicha shakllandi:

1-o‘rin – Termiz davlat universiteti jamoasi;

2-o‘rin – Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti jamoasi;

3-o‘rin – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi.

Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar tantanali ravishda taqdirlandi va ularga diplomlar, shuningdek, pul mukofotlari topshirildi.

“Janub qalqonlari” musobaqasi yoshlarni jismonan va ruhan mustahkamlash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadam sifatida qayd etildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU talabalari Ayritom EIZda amaliy mashg‘ulotlarda

  • 2026-02-09
  • 19

Ayritom Erkin Iqtisodiy Zonasida TerDU talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida

Batafsil

ALISHER NAVOIY — MA’NAVIYATIMIZNING MANGU TIMSOLI 

  • 2026-02-09
  • 30

Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universitetida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Batafsil

Termiz shahrida saylgoh ko‘chasi, Termiz tumanida oromgoh tashkil etish loyihalari bilan tanishildi

  • 2026-02-09
  • 19

Xabar berilganidek, Termiz shahri Jo‘yjangal mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi kanalni rekonstruksiya qilish asosida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalarini o‘z ichiga olgan zamonaviy saylgoh tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Batafsil