TerDU magistr talabalari ishtirokida ham “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
Unda mutasaddilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yilning 5-mart kuni o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishining mazmun-mohiyati yoritilib, “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi”, “Korrupsiya – jamiyat tanasidagi saraton” mavzularida ma’ruzalar qilindi.
Shuningdek “Termiz davlat universitetining ichki tartib qoidalari” hamda universitet korrupsiyaga qarshi kurashish va odob-axloq komissiyasining yig‘ilish bayonnomasida belgilangan masalalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.