Gandbolni rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslar muhokama qilindi

Kecha viloyat hokimining sport tizimini rivojlantirish bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosi doirasida bugun TerDU rektori, viloyat Gandbol federatsiyasi raisi A. Toshqulov mas’ullar, murabbiy va sportchilar bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida federatsiyaga biriktirilgan homiylar faoliyati tanqidiy tahlil qilindi hamda tizimni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi. Uchrashuvda gandbol bo‘yicha seleksiya ishlarini samarali tashkil etish maqsadida har yili to‘rt marotaba "Rektor kubogi" musobaqalarini tumanlarda tashkil etilishi belgilandi. 

Ma’lumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab TerDUda gandbol ta‘lim yo‘nalishi ochildi va hozirda 16 nafar talaba tahsil olmoqda. Viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida gandbol to‘garaklari faoliyat yuritmoqda. Ularda 1 500 nafardan ortiq yosh sportchilar shug‘ullanayapti. Natijalar ham havas qilgulik masalan kuni kecha viloyatimizning U-14 yosh toifasidagi o‘smirlar jamoasi O‘zbekiston chempionatida o‘g‘il bolalar o‘rtasida birinchi, qizlar jamoasi esa ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Samimiy muloqotlar jarayonida jamoaviy iroda ko‘rsatib, yaxshi natijalarga erishgan sportchilar rag‘batlantirildi. 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 62

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 45

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 62

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil