TerDUda “Kelajakka qadam” markazi faoliyat boshladi

Xabaringiz bor joriy yilning 14-fevral kuni davlatimiz rahbari mamlakatimiz yoshlari bilan muloqoti chog‘ida yoshlar tadbirkorligida mutlaqo yangi davrni boshlab beradigan uchta muhim qaror qabul qilganini ta’kidlab, jumladan, ta’lim muassasalarini bitirayotgan yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi tizim yaratilishini ma’lum qilgan edilar.

Ana shu tashabbuslarning mahsuli sifatida faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgan markazning ochilish marosimi tatanali ko‘rinish kasb etdi. Unda universitetimiz rektori A.Toshqulov viloyatimizdagi OTM rahbarlari, Milliy bank mas’ullari ishtirok etishdi.

Jarayonda markazning imkoniyati va vakolati xususida ma’lumotlar berildi. So‘ngra tadbir ishtirokchilari manzilda talabalar va mutassadilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, tashabbuskor talabalarning biznes loyihalariga quloq tutishdi.

Ma’lumot o‘rnida, viloyatimizdagi barcha OTM bitiruvchi talabalarining "Start up" loyihalari TerDUdagi mazkur “Kelajakka qadam” markazi orqali qo‘llab-quvvatlanadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 62

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 45

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 62

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil