O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 5-mart kuni o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Termiz davlat universitetida davra suhbati tashkil etildi.
"Korrupsiya taraqqiyot kushandasi", "Korrupsiya – jamiyat tanasidagi saraton" mavzularida tashkil etilgan tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlari hamda tegishli davlat organlari vakillari ishtirok etdi. Suhbat davomida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, uni jilovlashda ta’lim muassasalarining o‘rni, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari va bu borada har bir fuqaroning mas’uliyati haqida fikr almashishdi.