Talaba-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni oilaga tayyorlash hamda iqtidor va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish maqsadida universitetimizda turli tadbir va tanlovlar o‘tkazilmoqda.
Shu yo‘nalishda talabalar turar joylari (TTJ) va fakultetlar kesimida "Balli qizlar" ko‘rik-tanlovi qizg‘in davom etmoqda. Ishtirokchilar tanlov shartlarini bajarish davomida zukkolik, epchillik va iste’dodlarini namoyon etishmoqda.
Qizg‘in bahs-munozaralar va qiziqarli sinovlarga boy bo‘lgan tanlov yakunida eng yaxshi natija ko‘rsatgan talaba-qizlarimiz tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Bunday tadbirlar nafaqat ishtirokchilarning iqtidorini namoyish etishiga, balki ularning har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib shakllanishiga ham xizmat qiladi.