Yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarning samaradorligi hamda "Milliy qadriyatlar" haftaligi doirasida amalga oshirilgan ishlarga baho berish davom etmoqda.
Bugun Termiz davlat universitetiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi X.Eshov boshchiligidagi ishchi guruh tashrif buyurdi. Guruh tarkibida:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakillari
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ullari
Yoshlar ishlari agentligi mutasaddilari
Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat boshqarmasi vakillari
Ishchi guruh universitetda amalga oshirilgan ishlarni o‘rganib, talaba-yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.