8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami oldidan TerDUning barcha fakultetlarida turli tadbirlar, tanlov va adabiy kechalar tashkil etildi.
-Yuridik fakultetida “Miss Yurist-2025” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda talaba-qizlarimiz tanishtiruv, pazandachilik, badiiy chiqish shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. Tanlov so‘nggida iqtidorli va eng faol qatnashgan qizlarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
-"Xalqaro xotin-qizlar" bayrami munosabati bilan O‘zbek filologiyasi fakultetida “Balli Qizlar” tanlovi tashkil etildi. Unda ishtirokchilar o‘z iqtidori va bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Ular badiiy chiqishlar, savol-javoblar hamda karving san’ati shartlari orqali o‘zlarining intellektual qobiliyatlarini namoyon etishdi. Taomilga ko‘ra munosib ishtirokchilar rag‘batlantirildi.
-Xorijiy filologiya fakultetida tashkil etilgan tadbir asnosida ham talaba-qizlarimiz soch turmaklash, karving (meva kesish), salat tayyorlash, galstuk bog‘lash borasidagi uquvlarini sinovdan o‘tkazib, savol-javob shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. Tadbir yakunida talabalarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
-Kimyo fakulteti talaba-qizlari ishtirokida o‘tgan tadbir ham qiziqarli va esda qolarli bo‘ldi. Har yumushda ham epchil chaqqon zukkoligini namoyon etgan qizlarimiz ustozlarining e’tirofiga sazovor bo‘lishdi.