Bugun, erta tongdan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Termiz davlat universitetining barcha fakultetlarida ustozlar, talaba-qizlar ehtirom bilan qarshi olindi. Yigitlarimiz tomonidan bayram egalariga samimiy tilaklar bildirildi, sovg‘alar ulashildi.
Ezgu tilaklarni izhor etadigan yaqinlariga ilinadigan imkon yaratildi. Bunday hurmat-ehtirom barcha ayol-qizlarimizga bayramona kayfiyat ulashdi.
Go‘zallik sizni hech qachon tark etmasin! Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz opa-singillar!