8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan TerDUning olima professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Shahrimizdagi muhtasham maskanda o‘tkazilgan ushbu tantanada ayollarimiz uchun fayzli dasturxon yozilib, ko‘ngilochar dastur asosida bayram nishonlandi. Tadbirda ishtirok etgan rektorimiz munis va mo‘tabar ayollarni samimiy muborakbod etib, ezgu tilaklarini bildirdi.
Ta’kidlanganidek, xonanda va sozandalardan iborat badiiy ansamblga ega universitetimizda bayramlarni nishonlash uchun har doim yaxshi bahona topiladi.
Bayram munosabati bilan xotin-qizlar bir martalik moddiy rag‘batlantirildi hamda ularga sovg‘alar ulashildi.