Rektor: TerDUni tamomlayotgan talaba-qizlar kelin bo‘lib borgan xonadoniga tadbirliligi va hunari bilan daromad manbaini shakllantiroladigan qutlug‘ qadamli bo‘lib borishi lozim.
An’anaga ko‘ra bugun TerDU rektori A.Toshqulov navbatdagi milliy libos va san’at fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi.
Unda milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik, yengil sanoat va dizayn yo‘nalishi o‘qituvchilari o‘quv laboratoriya jarayonlarida ishlab chiqarish loyihalarini taqdim qilishdi.
Mas’ullar tomonidan taklif etilgan 3 ta loyihadan 2 tasi universitet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan bo‘ldi. Bu loyihalarning ishga tushirish orqali TTJ uchun kerak bo‘ladigan choyshablarni o‘zimizda ishlab chiqarish va sotish imkoniyati vujudga keladi.
Bundan tashqari, milliy libos va kashtachilik to‘garaklari faoliyatini kengaytirish orqali milliylikni o‘zida mujassam etgan zamonaviy libos va janda matosini ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.