Ushbu sana oldidan TerDUning barcha fakultetlarida Zulfiya tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlab turli tadbirlar, tanlov va adabiy kechalar tashkil etildi.
— Universitetning O‘zbek filologiyasi fakultetida Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlab adabiy-musiqiy kecha tashkil etildi.
— Xorijiy filologiya fakultetida talaba qizlari o‘rtasida ’’Zulfiyaxonim izdoshlari" mavzusida "BALLI QIZLAR" tanlovi bo‘lib o‘tdi.
— Universitetning Axborot texnologiyalari fakultetida shoira tavalludiga bag‘ishlab kecha tashkil etildi.
— Kimyo fakulteti talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘tgan tadbirda Zulfiyaxonim hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berildi, uning ijodiga mansub she’rlar sahna ko‘rinishlardan namunalar keltirildi.
Ma’lumot o‘rnida, yurtimizda atoqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlari e’tiborga olinib, 1999-yili Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan.