TerDUda Darband o'quv amaliyot direksiyasini mavsumga tayyorlash masalalari muhokama etildi.

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetimizga qarashli Darband o'quv amaliyot direksiyasini mavsumga tayyorlash masalalari muhokama etildi.

Ma’lumki TerDUning Darband o'quv amaliyot direksiyasi, talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, professor-o‘qituvchilar va talabalarning kuzatuv va izlanishlar olib borishlarida katta ahamiyat kasb etadi. Yana bir gap bu manzilda sportchi-talabalarimiz ham xalqaro musobaqalar oldidan so‘ngi tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib borishadi. Rektorimiz huzuridagi muhokamalarda ayni jihatlar ta’kidlanib, hududni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini risoladagidek tashkil etish lozimligi aytib o‘tildi.

Shuningdek mas’ullarga hududni yoritish, xavfsizligini ta’minlash, mavjud bino va yordamchi xo‘jaliklarda zarur ta’mirlash ishlarini olib borish, basseyn yozgi amfiteatr va o‘rindiqlarni zamonaviy ko‘rinishga keltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Joriy yilning 15-may sanasidan boshlab talabalarning mavsumiy amaliyoti boshlanadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 62

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 45

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 62

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil