Universitet rektori mas’ullar hamrohligida kampusni aylanib, talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talabalar bilan uchrashdi
Dastlab, talaba-qizlar yashayotgan yotoqxonada bo‘lgan mas’ullar shart-sharoitlar bilan tanishish asnosida ular bilan samimiy muloqot qilishdi.
Taklif va tashabbuslarni tinglagan rektorimiz talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, qo‘l mehnati orqali daromad topish, oilaga tayyorlanishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar. Samimiy muloqotlar so‘ngida esdalik uchun suratlarga tushildi.
Rektor A.Toshqulov barcha prorektor va dekanlarga TTJlarda borib, ular bilan muloqot o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.