Termiz davlat universiteti xotin-qizlar Kengashi tashabbusi bilan
talaba-qizlar o'rtasida "Jaxolatga qarshi ma'rifat" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Imom Termiziy xalqaro tadqiqot markazi direktori o'rinbosari, Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Surxondaryo viloyati markazi direktori va markaz psixologi ishtirok etdi.
Muloqotlarda separatizm-davlatni milliy, diniy, etnik, siyosiy, iqtisodiy sabablarga koʻra ajratib, yangi davlat tuzilmasi tuzish harakatini ifodalaydi. Bugun ayrim yot kuchlar yurtimizdagi tinchlikka raxna solayotgani, bu gʻoyani targʻib qilishga urinayotgani taʼkidlandi.
Yoshlarni buzgʻunchi gʻoyalarga mutaassiblikdan asrash, ularda vatanga muhabbat, yurtga sadoqat tuygʻularini yuksaltirish haqida fikrlar bildirildi.