Talabalarning qishki maktab dasturi bo‘yicha Malayziyaga sayohati davom etmoqda
Ayni kunlarda Malayziyaning Utara universitetida “Winter exchange“ dasturida ishtirok etayotgan talabalarimiz mezbon professor-o‘qituvchilarning e’tirofiga sazovor bo‘lishmoqda.
Dastur davomida talaba-yoshlar mashhur Petronas Twin Towers minorasi, PKT kompaniyasi, Veterinariya fakulteti, Tibbiyot va sog'liqni saqlash fanlari fakulteti va Utara universitetining menejment muzeyiga ham tashrif buyurishdi.
Мa'lumot o'rnida, ayni vaqtda ushbu dasturda 10 dan ortiq mamlakat talabalari ham ishtirok etmoqda. Bu esa talabalarimizga xorijdagi tengdoshlari bilan fikr almashish, kelajakdagi faoliyatlari uchun yangi tanishlar orttirish imkonini beradi.