“Maqsad va harakat uyg‘unligi muvaffaqiyat omili”, — TerDU rektori A.Toshqulov
Talaba-yoshlar bilan uchrashgan rektorimiz samimiy muloqotga kirishib, aqlni shoshiradigan axborot texnologiyalarining imkoniyatlari u bilan bog‘liq yuzaga keladigan muammolar va oddiy yechimlar xususida o‘z qarashlarini o‘rtaga tashladi.
Rasmiy ko‘rinish va muloqotdan holi ochiq uchrashuvda talabalarni ruhlantiradigan zarur ko‘rsatma va tavsiyalar hayotiy misollar bilan yetkazildi. Shu asnoda universitet strategiyasida belgilangan yaqin 5 yillik islohotlar xususida ma’lumotlar berildi.
Talabalarga IT va ilmiy til sifatida qaralayotgan ingliz tilini chuqurroq o‘rganish lozimli uqtirildi. Yakunda ta’kidlanganidek, muloqot rektorimiz uchun ham talabalarimiz uchun ham manfaatli bo‘ldi.