Universitetimizda “Biz yoshlar - korrupsiyaga qarshimiz” va “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” mavzularida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.
Talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari ishtirokida o‘tgan muloqotlarda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi va “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-210-son qarorlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.
Targ‘ibot tadbirini ZOOM platformasi orqali TerDU akademik litsey o‘qituvchi va o‘quvchilari ham kuzatib borishdi.
Anjuman asosida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida talaba- yoshlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish, ularning korrupsion jarayonlar ishtirokchisiga aylanib qolishi kabi noxush holatlarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi toqatsiz immunitetni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.