Bugun erta tongdan ushbu ezgu shior ostida birlashgan TerDUning tashabbuskor faol talabalari navbatdagi badantarbiya mashg‘ulotlarining targ‘ibotchisi bo‘lishdi, albatta o‘zlari ibrat ko‘rsatgan holda.
Kampusdagi TTJda istiqomat qilayotgan talabalarimiz, ruhiyatni ko‘taradigan musiqa sadolari ostida jismoniy tarbiya mashqlarini bajarishdi. Mas’ullarning ta’kidlashicha, ommaviy sport mashg‘ulotlarining qamrovi kundan kunga kengaytirib boriladi.