Termiz davlat universiteti hamda Xitoyning Szyansu universiteti o‘rtasida onlayn uchrashuv sessiyasi o‘tkazildi

Termiz davlat universiteti hamda Xitoyning Szyansu universiteti o‘rtasida tuzilgan qo‘shma ta’lim dasturi talabalari uchun onlayn uchrashuv sessiyasi o‘tkazildi

Sessiya davomida har ikki oliy ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilari hamda tegishli bo‘lim vakillari ishtirok etib, o‘z bilim va tajribalarini talabalar bilan baham ko‘rishdi. Muloqot jarayonida talabalar ilmiy rahbar tanlash va ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan masalalarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ushbu tadbir talabalarga o‘z qiziqishlariga mos ilmiy rahbar tanlashda ko‘maklashishi, shuningdek, ilmiy faoliyatlarini yanada samarali rejalashtirishga zamin yaratishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Termiz davlat universiteti bir qator nufuzli xorijiy universitetlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik aloqalarini kengaytirmoqda.

 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 65

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 45

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 63

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil