TerDU rektori huzurida ilmiy daraja beruvchi Kengashlar mas’ullari ishtirokida ularning faoliyatlari tahlil etildi

Bugungi kunda TerDU huzuridagi 6 ta ilmiy Kengash faoliyati orqali nafaqat respublika OTMning ilmiy salohiyati oshirilmoqda balki, xalq xo‘jaligi rivojiga qaratilgan qator ilmiy loyihalar ham hayotga tatbiq etillayapti.

Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak universitetimizning ilmiy salohiyat ko‘rsatkichi

2021-yilda 22,3 %, 
2022-yilda 25,2 %, 
2023-yilda 31,7 %), 
2024-yilda 39,2% ni tashkil etdi. 

So‘nggi ikki yilda ilmiy salohiyat 14 foizga o‘sgan. 2024-yilda 7,5 % ga ortdi. Otaxon universitet sifatida TerDU dan viloyatdagi boshqa OTMga ketgan ilmiy darajaga ega pedagoglar soni 100 nafardan oshiq.

TerDUdagi ilmiy Kengash faoliyati evaziga professor-o‘qituvchilarning 128 ta maqolasi Scopus va Web of Science bazasidagi jurnallarda nashr etildi. Monografiyalar soni 72 ta. TerDU professor-o‘qituvchilar tomonidan 7 ta ixtiro va foydali modellar uchun patentlari olingan.

Yig‘ilish so‘nggida universitetni TOP-1000 talikka kiritish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirilib, amaliy harakatlarga kirishish bo‘yicha vazifalar ham belgilab olindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 65

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 45

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 63

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil