TerDUda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan "Bobur kabi seving Vatanni" shiori ostida ma’rifiy-badiiy tadbir tashkil etildi
Unda talabalarimiz Bobur g‘azaliga bastalangan qo‘shiqlar ijro etib, sahna asarlari namoyish qilishdi.
Tadbir davomida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlanib o‘tkazilgan “Xatti Boburiy izdoshlari” diktantlar tanlovi g‘oliblari tashakkurnoma va pul mukofoti bilan taqdirlandi.