“Ilmli ayol-jamiyat ko‘zgusi” haftaligi doirasida universitet xotin-qizlar Kengashi tashabbusi bilan “Ayollar, fan va iqtisodiyot: innovatsion taraqqiyot sari” forumi tashkil etildi.
Unda ilm-fan va ta’lim sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishgan olima ayollar, pedagoglar, shuningdek, talaba-qizlarimiz ishtirok etishdi.
Ma’ruzachilar ixtiro va startap loyihalari bilan jamoatchilik e’tirofiga sazovor bo‘layotgan ayollarning yutuqlari xususida to‘xtalib, bunga erishish yo‘llarini hayotiy misollar bilan talqin etishdi.