O‘zbekiston va Malayziya hamkorlik aloqalari amaliy bosqichda

Bugun TerDU rektori Malayziyaning Utara universitetiga ketayotgan talabalarimiz bilan uchrashdi.

Utara universitetining qishki maktab dasturiga jalb etilayotgan talabalar va mas’ullar ishtirokida o‘tgan muloqotda rektorimiz O‘zbekiston va Malayziya davlat rahbarlarining o‘zaro ishonch va samimiy munosabatlari ta’lim tizimida ham hamkorlik aloqalarining kengayishiga asos bo‘layotganligini ta’kidladilar.

Jarayonda, safar chog‘i talabalarimiz va mas’ul o‘qituvchilar zimmasidagi majburiyat uqtirildi, tavsiyalar berildi.

Ma’lumot o‘rnida, jami 35 nafar talaba va o‘qituvchilarimiz 10 kun davomida Malayziyaning Utara universitetida bo‘lishadi. Ushbu universitet (THE xalqaro reytingi bo‘yicha 401-500 o‘rinda, QS bo‘yicha 554-o‘rindaturadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 65

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 45

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 63

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil