Xabaringiz bor, Termiz davlat universitetida kurash va dzyudo bo‘yicha Universiada 2025 sport musobaqalarining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.Unda dzyudochilarimiz ham muvaffaqiyatli odimlarini davom ettirishdi.
Buni qarangki 7 ta vazn toifasida o‘tgan bellashuvlarning barchasida sportchi yigitlarimiz respublika bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.Dzyudochi qizlarimiz ham 7 ta vazn toifasidan 6 tasida viloyatimiz sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.
Yana bir yangilik joriy yilning 24-26-fevral kunlari dzyudo bo‘yicha Universiada 2025 sport musobaqasining respublika final bosqichi Termizda o‘tkaziladi.