Viloyatimiz markazidagi harbiy qismda tashkil etilgan ochiq eshiklar kuni tadbiri, xalq va armiya yakdilligini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarlarining amaliy ifodasi bo‘ldi.

Tadbir jarayonida talaba-yoshlarimiz harbiy qism hayoti, unda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish asnosida shonli tariximizga oid ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Bu tadbirlar shak-shubhasiz yoshlarda milliy armiyamizdan faxrlanish tuyg‘usini oshirib, vatanga sadoqat va muhabbat hissini shakllantirishi bilan ahamiyatlidir.