Xabaringiz bor, Termiz davlat universiteti rektorining buyrug‘i bilan talabalar o‘rtasida “Alisher Navoiy asarlari bilimdoni” tanlovi e’lon qilingan edi. Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlanib tashkil etilayotgan madaniy – ma’rifiy tadbirlar asnosida tanlovi g‘oliblari ham munosib rag‘batlantirildi.
Bir necha yo‘nalishlarni qamrab olgan tanlovda universitetimiz talabalari faol ishtirok etishdi. Hakamlar ha’yati a’zolari uchun 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, shuncha esse va 30 ta videoroliklar orasidan eng maqbulini saralash oson kechmadi.
Yakuniy xulosalarga ko‘ra, Esselar nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin O‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi Zohid Normo‘minov,
2- o‘rin Xorij filologiyasi talabasi Achilova Mohinur,
3- o‘rin Yuridik fakulteti Boltaboyeva Muxlisa,
Videorolilklar nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin O‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi Rashidova Umida,
2- o‘rin Milliy libos fakulteti talabasi Qurbonov Dilshod,
3-o‘rin Tarix fakulteti talabalari jamoasi,
Maqolalar bo‘yicha:
1-o‘rin O‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi Bozorova Elinor
2-o‘rin O‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi Rashidova Umida
3-o‘rin O‘zbek filologiyasi fakulteti talabalari Mamayusupova Nilufar, Lolayeva Ozoda
Tanlov g‘oliblari “Talabalarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan pul mukofoti bilan taqdirlandi.