Termiz davlat universiteti xotin-qizlar maslahat kengash raisi, universitet profilaktika inspektori tomonidan ishlab chiqilgan reja-grafigiga asosan mas’ullar Axborot texnologiyalari fakultetida tahsil olayotgan talaba-qizlarimizning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishishdi.
Xonadonlarning holati, tozaligi va qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirishib, is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borishdi.
Xonadonlarning sharoiti qizil, sariq va yashil hududlar kesimida o‘rganib chiqilmoqda!