Kuni kecha TerDU mezbonlik qilgan kurash bo‘yicha Universiada 2025 sport musobaqasining hududiy bosqichida viloyatimiz OTMning 200 nafarga yaqin talabalari o‘zaro bellashishdi.
E’tiborli tomoni 7 ta vazn toifasida gilamga tushgan sportchi yigitlarimiz, 5 ta vazn toifasi bo‘yicha respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Kurashchi qizlarimiz ham 8 ta vazn toifasidan gilamga tushib 7 tasida viloyatimiz sharafini himoya qiladigan bo‘lishdi.
Ma’lumot o‘rnida, kurash bo‘yicha Universiada 2025 sport musobaqasining respublika final bosqichi joriy yilning 11-12-fevral kunlari Qarshi shahrida bo‘lib o‘tadi. Sporchilarimizga omad yor bo‘lishini tilaymiz.