Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti Haydarova Roziya Davronovna Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotlarni qayta ishlash” ixtisosligidan “Suv xo‘jaligi obektlarida gidravlik jarayonlarni ko‘p o‘lchovli fazoviy taqsimlanishini hisobga olgan holda optimal boshqarish” mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Roziya Davronovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz.