Ayni damda Malayziyada bo‘lib turgan TerDU rahbariyati Malayziyaning Utara universiteti mas’ullari bilan uchrashib amaldagi aloqalarni kengaytirish asnosida Utara ta’lim dasturlarini tashkil etish bo‘yicha ham kelishuvga erishdi
Xususan, TerDU va Malayziyaning Utara universiteti o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik evaziga yana sanoqli kunlardan so‘ng, 30 nafarga yaqin talabalarimiz Utara universitetining qishki maktab dasturida ishtirok etish uchun jo‘nab ketishadi.
Surxondaryo viloyatida ilk bor xorijiy universitetning ta’lim dasturlari asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Va bu talaba-yoshlarga (THE xalqaro reytingi bo‘yicha 401-500 o‘rinda, QS bo‘yicha 554-o‘rinda turgan) Malayziyaning Utara universiteti va TerDU diplomini o‘z hududida turib qo‘lga kiritish imkoniyatini beradi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan Top-500 talikka kirgan xorijiy OTM bitiruvchilari va ilmiy daraja olgan yosh mutaxassislarga oylik maoshiga ustama qo‘shiladi .
2024-yilning dekabr oyida hamkor universitetning o‘quv jarayonlari, metodologiyasi bilan tanishish va xalqaro reytinglarga kirish tajribasini o‘rganish maqsadida 4 nafar TerDU professor-o‘qituvchilari va xodimlari Utara universitetida bo‘lib kasbiy rivojlanish dasturlarida ishtirok etishgan edi.