Surxondaryoda Malayziya kompaniyasi bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi sohasi va baliqchilik tarmog‘i rivojlantiriladi

Prezidentimizning Malayziyaga davlat tashrifi doirasida ta’lim forumi, biznes vakillari ishtirokidagi uchrashuvlar, turistik ko‘rgazmalar o‘tkazilayotgan bo‘lib, ularda o‘zaro manfaatli aloqalar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilmoqda.

Xususan, yurtimiz delegatsiyasi tarkibida ushbu mamlakatda bo‘lib turgan Termiz davlat universiteti rahbariyati Malayziyaning "Kedah Agro Holdings" kompaniyasi mutasaddilari bilan muzokaralar o‘tkazib, qator yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik shartnomalarini imzoladi.

Jumladan, mazkur hamkorlikning birinchi bosqichida kompaniya tomonidan Surxondaryoda qishloq xo‘jaligi va baliqchilik tarmoqlarini ilmiy yondashuvlar asosida rivojlantirish loyihasiga 10 mln dollarlik investitsiya kiritishga kelishib olindi.

Shuningdek, "Kedah Agro Holdings" kompaniyasi rahbariyati va ekspertlaridan iborat delegatsiyaning joriy yil aprel oyida viloyatimizga tashrifini tashkil etish, vohamiz salohiyatidan kelib chiqqan holda boshqa yo‘nalishlarda ham hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha manfaatli kelishuvlar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 68

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 45

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 63

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil