TerDUda xalqaro hamkorlik

Joriy yilning 16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ta’limga investitsiya kiritish va ta’lim eksportini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan topshiriqlar ijrosi doirasida Termiz davlat universiteti rahbariyati tomonidan amaliy harakatlar olib borilmoqda

Kuni-kecha TerDU rahbariyati yaqin hamkorga aylanib borayotgan Malayziya davlatining "Kedah Agro Holdings" kompaniyasi mas'ullari bilan onlayn muzokaralar o‘tkazdi. Jarayonda rektor A.Toshqulov tomonidan taklif etilgan istiqbolli loyihalarni xorijiy kompaniya mutasaddilari moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirishdi.

4-5-fevral kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tadigan ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari vakillari forumida hamkorlar bilan navbatdagi uchrashuv rejalashtirilgan bo‘lib, TerDU va xorijiy kompaniyalar bilan ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va amaliy bosqichga o‘tishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishi kutilmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 68

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 45

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 63

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil