A.Toshqulov: Endi faqat tashabbus kerak, yangilikka intilish va amaliyotga tatbiq etish davr talabi, har bir xodim o‘z strategiyasini ishlab chiqishi lozim unda xorijiy til, sun'iy intellekt imkoniyatlari, IT sohasini o‘rganish, intizom va har ishda namuna bo‘lishimiz kerak.
TerDUning rektorat xodimlari ishtirokida 2024-yil sarhisobi va 2025-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
Unda rektorimiz A.Toshqulov e’tirof etishga arzigulik natijalar xususida to‘xtalib, joriy yilda universitet strategiyasida belgilangan vazifalar chora-tadbirlar ijrosi bo‘yicha birma-bir to‘xtalib o‘tdilar.
Ijro intizomi, ish samaradorligini oshirish, o‘quv dasturlari, karyera markazi faoliyatini takomillashtirish, ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish, fakultetlarni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha mas’ullar zimmasidagi vazifalar yana bir bor uqtirildi.