22-yanvar sanasida Prezidentimiz Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirining sohadagi ustuvor vazifalarga oid taqdimoti bilan tanishib, 2025-yilda tizimda amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab bergan edilar. Mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev Termiz davlat universitetida boʻlib, viloyat OTM rahbarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazdi.
Jarayonda davlatimiz rahbari tomonidan oliy taʼlim tizimiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, taʼlim eksportini yoʻlga qoʻyish boʻyicha berilgan topshiriqlar, uning ijro mexanizmi xususida koʻrsatma va tavsiyalar berildi.