TerDUda joriy yilning birinchi kengaytirilgan apparat yig‘ilishi o‘tkazildi

Universitet rektori, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari ishtirok etgan yig‘ilishda A.Toshqulov 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan yutuqlarni e’tirof etdi. 

Shuningdek, joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar xususida to‘xtalib, 2025-yilni universitetda “Ta’lim sifatini oshirish yili” deb belgilash taklifini bildirdi. Bir ovozdan ma’qullagan taklifga asosan endilikda universitetni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi. 

 Yig‘ilish davomida 
- Ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish;
- Moliyaviy barqarorlik va resurslarni samarali boshqarish;
- Xalqaro aloqalarni yaxshilash orqali professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini rag‘batlantirish;
-  Fakultetdagi ilmiy tadqiqotlarni rejalashtirib, amaliy natijalarga erishish;
- Ilmiy ishlarni tijoratlashtirish va grantlar jalb qilish;
- O‘qituvchilarning ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish ko‘nikmasini oshirish;
- Talabalarning ilmiy ishlarda ishtirokini oshirish.
- Talabalarning bilim va ko‘nikmalarini mehnat bozori talablariga moslashtirish;
- Talabalarni kasbiy amaliyotga jalb qilish uchun tashkilotlar bilan shartnomalarni ko‘paytirish (dual ta’limni rivojlantirish); 
- Registrator ofisi faoliyatini tizimlashtirish

 kabi chora-tadbirlarni amalga oshirishda universitetning professor-o‘qituvchilar vazifalari belgilab berildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 68

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 46

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 66

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil