TerDUda fan olimpiadasi g‘oliblari munosib rag‘batlantirildi

Termiz davlat universitetining tashabbusi bilan kelajak talabalarini seleksiya qilish maqsadida 4-, 5-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan olimpiada tashkil etildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4708-sonli qarori 1-bandi ijrosiga asosan Termiz davlat universiteti rektorining 2024-yil 7-dekabrdagi 236-U sonli buyrug‘i bilan Olimpiada g‘oliblari ya’ni 4- sinf o‘quvchilari o‘rtasida I, II va 5-sinf o‘quvchilari o‘rtasida I, II o‘rinlarni egallagan 4 nafar o‘quvchiga jami 76 mln so‘m mablag‘ berildi.

TerDU rektori huzurida o‘quvchilar, ularning ota-onalari va ustozlari ishtirokida samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi, ezgu niyatlar qilinib, Prezidentimizning yoshlar kelajagiga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rliklari e’tirof etildi.

Endilikda o‘quvchilarimiz 15-yanvar sanasidan 24-yanvar kuniga qadar Malayziya davlatida bo‘lib, matematika fanidan xalqaro musobaqada o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 68

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 46

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 66

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil