Termiz davlat universiteti organik kimyo kafedrasi o'qituvchisi Atamurodova Dilorom Mamatmuminovna Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy kengashda Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligidan «Colchicum Kesselringii o‘simligi tarkibidan kolxaminni ajratib olish texnologiyasini takomillashtirish va uning hosilalari sintezi» mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Dilorom Mamatmuminovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!