Joriy yil boshida Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumida universitetimiz rektori A.Toshqulov tomonidan Xitoyning nufuzli universitetlari bilan talabalar va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, stajirovka, o‘quv kurslari, ilmiy konferensiya va o‘quv dasturlarini tashkil etishda o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan edi.
Shunga asosan, joriy yilning oktyabr oyida TerDUga Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahar universiteti vakillari tashrif buyurgani-yu jarayonda Tarix fakulteti, Milliy libos va san’at fakulteti, Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabalari hamda professor-o‘qituvchilari uchun maxsus seminar-treninglar va o‘quv mashg‘ulotlari ham tashkil etilganidan xabaringiz bor.
Hamkorlikning ayni bosqichida TerDUning bir guruh professor-o‘qituvchilari PShU ning San’at fakulteti hamda TerDUning Milliy libos fakulteti o‘rtasida "O‘zbek-Xitoy madaniy merosi va hunarmandchiligini o‘rganish markazi"ni tashkil qilish hamda talabalar tomonidan tayyorlangan san’at asarlari ko‘rgazmalarini dastlab onlayn keyin esa oflayn tarzda o‘tkazish, shuningdek, ikki mamlakatning ma’daniy merosi bo‘lgan qadimiy hunarmandchilik topilmalarini qayta tiklash bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda.