TerDU rektori huzurida va fakultetlar kesimida kunlarning sovishi munosabati bilan ijara xonadonlari bo‘ylab nazorat profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, qishki ta’tilga chiqayotgan talabalarimizni xavfsiz kuzatish choralarini ko‘rish hamda ta’til vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Fakultet dekani va o‘rinbosarlari tyutorlar ishtirokida o‘tgan yig‘ilishlarda belgilangan topshiriqlar ijrosiga mas’uliyat bilan yondashish lozimligi ta’kidlandi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy o‘quv yilida TerDUning 2 482 nafar talabasi TTJlarda va 2 700 nafari ijara xonadonlarida istiqomat qilishmoqda. Viloyatlardan kelib tahsil olayotgan talabalarimiz soni esa 1247 nafarni tashkil etadi. Shubhasiz, yuqorida keltirilgan raqamlar mutasaddilardan kuchaytirilgan tartibda faoliyat yuritishni taqozo etadi.