JICA VAKILLARI BILAN ISTIQBOLLI HAMKORLIK YO'LLARI MUHOKAMA QILINDI

TerDUda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi JICA GROW loyihasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. JICA GROW loyihasining bosh maslahatchisi janob Kuroda Kiyohiko boshchiligidagi tashrif doirasida bir qator muhim istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

 JICA GROW - bu O'zbekistonning sanoat sohasida kadrlar salohiyatini rivojlantirish loyihasi bo'lib, yoshlarimizga Yaponiyaning yetakchi kompaniyalarida karyera qurish imkoniyatlarini taqdim etadi.

Uchrashuv davomida talabalarimizning Yaponiyaning nufuzli kompaniyalarida stajirovka o'tashi va keyinchalik doimiy ish bilan ta'minlanishi, Yapon kompaniyalarining O'zbekistondagi vakolatxonalarida ish o'rinlarini yaratish masalalari ko'rib chiqildi. Shuningdek, universitetda yapon tili o'qituvchisi faoliyatini yo'lga qo'yish, Yapon tilini o'qitish uchun Yaponiyadan mutaxassis jalb etish va Japan Career Portal platformasi orqali taqdim etiladigan qo'shimcha imkoniyatlardan foydalanish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

Tashrif doirasida mehmonlar BMT Taraqqiyot dasturi ko'magida tashkil etilgan "Termiz yoshlar markazi"ni ham borib ko'rishdi. Markaz Yaponiya davlati va universitet mablag'lari asosida tashkil etilgan bo'lib, bu yerda yoshlarning innovatsion loyihalari va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash ko'zda tutilgan.

Ma'lumot uchun, JICA GROW loyihasi 2024-yil martidan boshlab 3 yil davomida amalga oshiriladi va O'zbekiston-Yaponiya hamkorligining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.
 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 69

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 46

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 66

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil