Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti Tursunova Barno Abdiyevna O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy kengashda Hisoblash matematikasi va diskret matematika ixtisosligidan «Spektral-to‘r metodining ikkinchi tur Chebishev ko‘phadlari bilan yaqinlashishi va yaqinlashish tezligini baholash» mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Barno Abdiyevnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!