Vazir xizmat safari

Ayni kunlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tizimning quyi bo‘g‘ini, ayniqsa, ta’lim muassasalarini qiynayotgan muammolarini joyida hal etish hamda tuman va shahar darajasida samarali ish tashkil etish maqsadida Surxondaryo viloyatiga xizmat safarini amalga oshirmoqda.

Dastlab, Termiz davlat universitetida viloyat hokimi o‘rinbosari hamda vohadagi oliy ta’lim muassasalari mas’ullari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi istiqboldagi rejalar, taklif va tavsiyalar o‘rtaga tashlandi.

Shuningdek, viloyat hokimining taklifiga asosan Oltinsoy tumani maktablarida metodik ko‘mak berayotgan universitetlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil etilib, bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Ma’lumot o‘rnida, Surxondaryo viloyatida 6 ta oliygoh bo‘lib, 110 ming nafarga yaqin talaba tahsil oladi.

 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 72

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 47

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 68

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil