“Eng faol yil talabasi”

Xabaringiz bor, bir necha yillardan buyon Oliy ta’lim muassasalarining talabalari o‘rtasida turli yo‘nalishlar bo‘yicha “Eng faol yil talabasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib kelinmoqda. 

Kuni kecha tanlovning universitet bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

Unga ko‘ra,

Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
Yilning eng faol sportchi talabasi;
Yilning eng faol iqtidorli talabasi;
Yilning eng faol ijodkor talabasi;
Yilning eng faol tadbirkor talabasi;

Nominatsiyalar bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan talabalar tanlovning Respublika bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Ma’lumot o‘rnida, tanlov nominatsiyalari bo‘yicha OTM bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy ta’lim muassasasining faxriy yorlig‘i va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Respublika bosqichi  g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda  bazaviy hisoblash miqdorining 1-o‘rin 15 barobari, 2-o‘rin 10 barobari va 3-o‘rin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.g 1-o‘rin 15 barobari, 2-o‘rin 10 barobari va 3-o‘rin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Jarayon

  • 2024-11-20
  • 28

Ayni damda TerDUning sport bazasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining voleybol turlari bo‘yicha hududiy bosqichi o‘tkazilayapti.

Batafsil

“Eng faol yil talabasi”

  • 2024-11-20
  • 425

Xabaringiz bor, bir necha yillardan buyon Oliy ta’lim muassasalarining talabalari o‘rtasida turli yo‘nalishlar bo‘yicha “Eng faol yil talabasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.

Batafsil

TerDU talabalarga yozgi amaliyot o‘tash orqali o‘z kasbiy mahoratini oshirish imkoniyatini taklif etmoqda

  • 2024-11-20
  • 43

O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro Ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlarining filiali TerDU talabalarga Toshkentdagi mahalliy va xalqaro kompaniyalarda yozgi amaliyot o‘tash orqali o‘z kasbiy mahoratini oshirish imkoniyatini taklif etmoqda.

Batafsil