TerDU talabalarga yozgi amaliyot o‘tash orqali o‘z kasbiy mahoratini oshirish imkoniyatini taklif etmoqda

O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro Ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlarining filiali TerDU talabalarga Toshkentdagi mahalliy va xalqaro kompaniyalarda yozgi amaliyot o‘tash orqali o‘z kasbiy mahoratini oshirish imkoniyatini taklif etmoqda.

Termiz davlat universitetida tashkil etilgan treningda filial xodimi Aziza Nuriddinova tomonidan mazkur dasturdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar, unda ishtirok etish hamda ariza yuborish tartiblari yuzasidan tavsiyalar berildi.

Ishtirokchilar kasbiy rivojlanish, sanoat rahbarlari bilan aloqa o‘rnatish, biznes va STEM sohalarida taniqli mutaxassislardan maslahat olish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. Amaliyot to‘liq AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan moliyalashtiriladi va O‘zbekistonning barcha hududlaridan talabalarni qabul qiladi.

Dastur bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot: @YPIP2024

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 72

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 47

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 68

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil